• (+998) 78 113-31-51

  • Пн-Пт : 9:00-18:00

Тендеры

Главная страница | О компании | Тендеры

14.06.2023г.

 

 

TEXNIK TOPSHIRIQ

“Oʻzavtosanoat-lizing” MChJning moliya-xoʻjalik faoliyatini maxsus masalalar boʻyicha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisida

I. Tekshiriladigan masalalar:

1. “Oʻzavtosanoat - lizing” MChJ tomonidan sugʻurta shartnomalarini tuzish, oylik maoshlari va ragʻbatlantirish pullarini belgilanishini toʻgʻriligini tekshirish (2018-2021yy).

2. Lizinga oluvchilarga yetkazib berilgan texnikalar sugʻurta kompaniyalari tomonidan qoʻshimcha sugʻurta qilinganligi holatlari mavjudligini oʻrganish va asosligi boʻyicha xulosa taqdim etish  (2018-2021yy).

3. 2018-2020-yillar davomida texnikalarni sugʻurta qilish, shu jumladan qoʻshimcha sugʻurta qilinishini asoslanganligini oʻrganish.

4. Banklardan olingan kredit mablagʻlarining maqsadsiz sarflanganlik holatlari mavjudligini oʻrganish  (2018-2021yy);

5. Maxsus masalalarning aniq roʻyhati shartnoma tuzilishidan oldin auditorga taqdim etiladi.

II. Auditorlik tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar. Tanlovda qatnashuvchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

1. Xizmatlar koʻrsatish muddatlari va xizmat miqdorini (summa) koʻrsatgan holda tijorat takliflarini berish;

2. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish layoqatiga egaligini tadiklovchi xujjat va fuqarolik javobgarligi sugʻurtasi polisi (hujjati)ga ega boʻlishi;

3. Auditorlik tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot, tashkilotning tashkiliy huquqiy shakli, joylashgan yeri, pochta manzili, telefon raqami toʻgʻrisidagi malumotlar;

4. Auditorlik tashkilot mutaxassislarning tarkibi va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

5. Auditorlik tashkilotida doimiy ishlaydigan xalqaro va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan xodimlar soni toʻgʻrisida maʼlumot;

6. Sugʻurta polisi, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma xujjatlar nusxalari;

7. Lizing va bank sohasida yirik tashkilotlar bilan ishlash tajribasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

8. Yirik mijozlar roʻyxati va auditorlik tashkilotining tajribasi boʻyicha maʼlumot;

9. Auditorlik tashkilotining Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston -  auditorlar palatasining 100 talik renking roʻyxatiga kirganligi.

III. Xizmat koʻrsatish joyi

1. Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Kichik xalqa yoʻli 32.

IV. Xizmat koʻrsatish muddati

1. Audit tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan kundan boshlab 1 (bir) oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida. Belgilangan muddat texnik topshiriq talablariga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini barcha tasdiqlovchi hujjatlar nusʼhasi bilan taqdim etishni oʻz ichiga oladi.

V. Ish va xizmatlar natijalari sifatini kafolatlashga qoʻyiladigan talablar

1. Sifatsiz va notoʻgʻri oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida audit tekshiruvining buyurtmachiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan yoʻqotilgan foyda, auditorlik tashkiloti tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak;

2. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvining, xoʻjalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotning boshqa foydalanuvchilari oldida hisobot va boshqa moliyaviy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi notoʻgʻri xulosani oʻz ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish natijasida ularga zarar yetkazilganligi uchun javobgardir.

VI. Xizmat koʻrsatish miqdori:

 

1

Xizmat narxi

____________ soʻm (QQS bilan) gacha

2

Moliyalashtirish manbai

Oʻz mablagʻlari hisobiga

3

Toʻlov shartlari

Toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Shartnoma imzolangan kundan boshlab 15 bank ish kuni ichida shartnoma umumiy summasidan 50% oldindan toʻlov, qolgan qismi hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab 15 bank ish kuni ichida

4

Toʻlov valyutasi

Oʻzbekiston Respublikasi soʻmi

5

Shartnoma turi

Asosiy ramka

 

Yuqorida koʻrsatilgan xujjatlar rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan holda, quyidagi manzilga Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Kichik xalqa yoʻli 32.

Manzil:                  Toshkent sh.,

Yashnobod tumani,

Kichik xalqa yoʻli, 32


E-mail:                  info@uzlk.uz

Ish kunlari:            Dushanba — Juma, 9:00 — 18:00

Последние новости

  • “Oʻzavtosanoat-lizing” MChJning moliya-xoʻjalik faoliyatini maxsus masalalar boʻyicha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisida

     2023-06-14 15:44:59
  • Анкета-опросник. Оценка уровня удовлетворенности качеством предоставляемых услуг

     2023-01-04 17:14:06
  • Команда O'ZAVTOSANOAT-LEASING

     2023-01-04 17:08:57