Uzautosanoat Leasing

trubka_ikonka.png  +998(71)113 31 51
mail.png info@autoleasing.uz
Телефон доверия:  +998(97) 701 83 04

  • <!--1-->

  • <!--2-->

  • <!--3-->

  • <!--4-->

  • <!--5-->

  • <!--6-->

  • <!--7-->

  • <!--8-->

  • <!--9-->

  • <!--10-->

  • <!--11-->

Kompaniya ofisining ish jadvali:
DuSe Ch Pa Ju Sh Ya 09:00 - 18:00

O’zbekistonda valyutalar kursi 16.01.2018 yildan
1 EUR 9965.47 so'm
1 USD 8146.38 so'm

«Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasining asosiy faoliyati mahalliy ishab chiqaruvchilarning tijorat avtotransportlarini moliyaviy lizingi («JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK va «Samarqand Avtomobil Zavodi» MChJ da ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yuk avtomobillari, maxsus transport vositalari hamda xorijiy ishlab maxsus texnikalar).
Kompaniya maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat avtotransportlari va maxsus texnikalariga egalik koʻlamini oshirish va mavjud parklarni yangilashda koʻmaklashish. «Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasi faoliyati maksimal foyda olishga yoʻnaltirilmagan, aksincha u potentsial lizigga oluvchilarga imkoniyat va qulayliklar yaratishga yoʻnaltirilgan.
Kompaniya oʻz faoliyatini Respublikaning barcha hududlarida amalga oshiradi, lizing loyihasini koʻrib chiqish muddati lizingga oluvchi tomonidan barcha kerakli hujjatlar taqdim etilganidan keyin 5 ish kunidan oshmaydi.
«Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasi oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston lizing xizmatlari bozorida oʻz mavqeiga ega boʻldi va eng yirik lizing kompaniyalar uchtaligiga kiradi hamda tijorat avtotransportlari boʻyicha eng yirik lizing portfeliga ega.
Kompaniya faoliyatini mijozlarga xalqaro standartlarga javob beradigan lizing xizmatlarini taklif qilgan holda yuqori bozor oʻrnini ta’minlash va ulushini yanada oshirib borishga yoʻnaltirilgan.