Uzautosanoat Leasing

trubka_ikonka.png  +998(71)113 31 51
mail.png info@autoleasing.uz
Телефон доверия:  +998(97) 701 83 04

  • <!--1-->

  • <!--2-->

  • <!--3-->

  • <!--4-->

  • <!--5-->

  • <!--6-->

  • <!--7-->

  • <!--8-->

  • <!--9-->

  • <!--10-->

  • <!--11-->

Kompaniya ofisining ish jadvali:
DuSe Ch Pa Ju Sh Ya 09:00 - 18:00

O’zbekistonda valyutalar kursi 17.04.2018 yildan
1 EUR 9960.07 so'm
1 USD 8077.26 so'm

2006 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-dekabrdagi PQ-531-sonli Qarori bilan «Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi tashkil qilindi.
2007 yil
Kompaniya davlat roʻyxatidan oʻtdi va moliyaviy faoliyatini boshladi.
«Samarqand avtomobil zavodi» MChJ ning mahsulotlarini lizing asosida sotish orqali ushbu korxonaning rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻsha boshladi.
Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi a’zosiga aylandi.
2008 yil
Ogʻir yuk avtomobillarini sotib olish boʻyicha lizing loyihalarini moliyalashtirish boshlandi.
III Xalqaro investitsion forum doirasida «Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasi «2007-yilning yetakachi lizing kompaniyasi» deb topildi va diplom bilan taqdirlandi.
Kompaniya korxonani avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi «Lizing» ni amaliyotga kiritdi.
2009 yil
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yoʻl-qurilish texnikalarini sotib olish boʻyicha lizing loyihalarini moliyalashtirish boshlandi.
Yil yakunlari boʻyicha kompaniya lizing bitimlarini amalga oshirish boʻyicha eng yirik korxona deb topildi.
Kopmpaniya raxbariyati London va Berlinda oʻtkazilgan hukumatlararo muzokaralarda ishtirok etdi.
2010 yil
«JV MAN Auto – Uzbekistan» MChJ QKda ishlab chiqarilgan yuk va maxsus transport vositalarini sotib olish boʻyicha lizing loyihalarini moliyalashtirish boshlandi.
Milliy reyting agentligi «Ahbor-Reyting» kompaniyaning kredit qobiliyatini «uzA+» (barqaror) deb baholadi.
Kompaniya xodimi tanlovdan muvvafaqiyatli oʻtib, Germaniyada boʻlib oʻtgan xalqaro ta’lim dasturi «Inwent»da tahsil oldi.
2011 yil
Lizing xizmatlarini tadbiq qilishda qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi tomonidan «Oltin portfel» mukofoti bilan taqdirlandi.
«Angren Logistika Markazi» AJ faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida 300 dan ortiq lizing ob’ektlariga GPRS – trekkerlarini oʻrnatish boʻyicha lizing loyihasi amalga oshirildi.
Rossiyaning “MAN Finance Rossiya” MChJ bilan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kompaniyada Elektron hujjatlar almashish axborot tizimi «Germes» tadbiq qilindi.
Milliy reyting agentligi «Ahbor-Reyting» kompaniyaning kredit qobiliyatini «uzA+» (barqaror) deb tasdiqladi.
2012 yil
«Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasining ustav kapitali 12 mlrd.soʻmgacha oshirildi.
Moliya sohasida yetakchi kompaniyalarning taklifi bilan, kompaniyaning bir qancha mutaxassislari AQSH va Rossiya davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishdi.
Xalqaro auditorlik kompaniyasi Deloitte & Touche «Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasining oxirgi 3 yildagi moliya-xoʻjalik faoliyatini BHXS asosida tekshiruvini amalga oshirdi.
Milliy reyting agentligi «Ahbor-Reyting» kompaniyaning kredit qobiliyatini «uzA+» (barqaror) deb yana bir bor tasdiqladi.
Kompaniya xodimlari tanlovdan muvvafaqiyatli oʻtib, Germaniya va Hindiston davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro ta’lim dasturlari «GIZ» (Germaniya) va ITEC (Hindiston) boʻyicha tahsil olishdi.
2013 yil
Kompaniyaning lizing faoliyatini diversifikatsiyalash maqsadida tibbiyot va energiya tejovchi uskunalarni sotib olish boʻyicha lizing loyihalari moliyalashtirildi.
Milliy reyting agentligi «Ahbor-Reyting» kompaniyaning kredit qobiliyatini «uzA+» (barqaror) deb tasdiqladi.
Kompaniya xodimlari yana bir bor tanlovdan muvvafaqiyatli oʻtib, Germaniya va Hindiston davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro ta’lim dasturlari «GIZ» (Germaniya) va ITEC (Hindiston) boʻyicha tahsil olishdi.
2014 yil
«Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasining ustav kapitali 30 mlrd.soʻmgacha oshirildi.
Har yili «Oʻzavtosanoat» AK tarkibiga kiruvchi korxonalar oʻrtasida oʻtkaziladigan «Spartakiada» sport musobaqasida «Oʻzavtosanoat-Leasing» MChJ lizing kompaniyasining xodimlari I-oʻrinni egallashdi.
Yarim yillik natijalar boʻyicha Milliy reyting agentligi «Ahbor-Reyting» kompaniyaning kredit qobiliyatini «uzA+» (juda yuqori) deb baholadi.
Tajriba almashish va lizing portfelini diversifikatsiyalash maqsadida imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida kompaniyaning bir nachta mutaxassislari Janubiy Koreya va Xitoy davlatlarida tajriba almashishdi.
2015 yil
Xalqaro Biznes va Texnologiya uyushmasi (AMBiT) a’zosiga aylandi.
Kompaniya xodimi tanlovdan muvvafaqiyatli oʻtib, Germaniya davlatida boʻlib oʻtgan xalqaro ta’lim dasturi «GIZ» (Germaniya) boʻyicha tahsil oldi.

2008-1.jpg
2011-1.jpg
2011_1-1.jpg
2013-1.jpg
2014-1.jpg
#