Uzautosanoat Leasing

trubka_ikonka.png  +998(78)113 31 51
mail.png info@autoleasing.uz
Телефон доверия:  +998(97) 701 83 04

  • <!--1-->

  • <!--2-->

  • <!--3-->

  • <!--4-->

  • <!--5-->

  • <!--6-->

  • <!--7-->

  • <!--8-->

  • <!--9-->

  • <!--10-->

  • <!--11-->

Kompaniya ofisining ish jadvali:
DuSe Ch Pa Ju Sh Ya 09:00 - 18:00

O’zbekistonda valyutalar kursi 11.12.2018 yildan
1 EUR 9456.46 so'm
1 USD 8312.64 so'm

Kompaniya sa’y-harakatlari faoliyati davomida ta’sischilarning, shuningdek kreditorlarning huquq va manfaatlarini yuqori darajada himoya qilishga hamda lizing xizmatlarining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Kompaniya o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va uzoq muddatli rejalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazadi.
Kompaniya xodimlarini malakasini oshirishga, ish jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llashga, moliyaviy rejalashtirishga va sifatli hisobotlar tayyorlashga o‘z e’tiborini qaratadi. 2008-yili lizing proyektlarini boshqarishda axborot tizimini qo‘llash (LPBAT «Lizing») va 2011-yili elektron hujjatlar almashinuvi axborot tizimini yo‘lga qo‘yish kompaniya faoliyatining samaradorligini, barqarorligini va axborot resurslarini saqlash ishonchliligini oshirdi.
Xodimlarni asosiy qadriyat deb bilish barqaror rivojlanishning garovidir. Kompaniya xodimlari o‘zlarining yuqori kasb mahorati, jamoa bo‘lib ishlash, raqobatbardoshligi, tashabbuskorligi va harakatchanligi bilan ajralib turishadi. Barcha xodimlar oliy ma’lumotli bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, ilg‘or chet el oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bor. Shuningdek, bir qator xodimlar axborot texnologiyalari, menejment, marketing va moliya yo‘nalishlarida Rossiya, Germaniya, Hindiston, Lyuksenburg va boshqa davlatlarda bo‘lib, xalqaro ta’lim dasturlari tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.