Uzautosanoat Leasing

trubka_ikonka.png  +998(71)113 31 51
mail.png info@autoleasing.uz
Телефон доверия:  +998(97) 701 83 04

  • <!--1-->

  • <!--2-->

  • <!--3-->

  • <!--4-->

  • <!--5-->

  • <!--6-->

  • <!--7-->

  • <!--8-->

  • <!--9-->

  • <!--10-->

  • <!--11-->

Kompaniya ofisining ish jadvali:
DuSe Ch Pa Ju Sh Ya 09:00 - 18:00

O’zbekistonda valyutalar kursi 17.07.2018 yildan
1 EUR 9100.06 so'm
1 USD 7787.81 so'm

Lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) sotib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
-lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa;
-lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa;
-lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ektini qiymati asos boʻladi;
-lizing shartnomasi davri uchun lizing to‘lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing ob’ektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa. Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Lizing uch taraflama (sotuvchi — lizing beruvchi — lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi — lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganda qo‘shimcha ravishda lizing ob’ektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.