Uzautosanoat Leasing

trubka_ikonka.png  +998(78)113 31 51
mail.png info@autoleasing.uz
Телефон доверия:  +998(97) 701 83 04

  • <!--1-->

  • <!--2-->

  • <!--3-->

  • <!--4-->

  • <!--5-->

  • <!--6-->

  • <!--7-->

  • <!--8-->

  • <!--9-->

  • <!--10-->

  • <!--11-->

Kompaniya ofisining ish jadvali:
DuSe Ch Pa Ju Sh Ya 09:00 - 18:00

O’zbekistonda valyutalar kursi 11.12.2018 yildan
1 EUR 9456.46 so'm
1 USD 8312.64 so'm

O‘zbekistonda lizing litsenziya talab qilinmaydigan faoliyat hisoblanadi, hamda bu faoliyat bilan nafaqat maxsus lizing kompaniyalar va tijorat banklarigina, balki lizing bilan bog‘liq bo‘lmagan korxonalar ham shug‘ullanishi mumkin.
Respublikamizda lizing rivojlanish bosqichini o‘tab bo‘ldi va bugungi kunda eng istiqbolli investitsiya kiritish sohalaridan biri hisoblanadi.
1991-2011 yillarda O‘zbekistonda lizing bozorining rivojlanish bosqichlari:
I - bosqich: 1991-1999 yillar. Xalqaro mexanizmlarini joriy etilishi va lizingga oid qonunchilik bazasini shakllanishi.
II – bosqich: 1999-2005 yillar. Lizingga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish va lizing bozorini tashkil etish.
III – bosqich: 2005-2011 yillar. Lizingni ommalashtirish va lizing bozorida raqobat muhitini shakllantirish.
O‘zbekistonda lizing operatsiyalari yo‘lovchi tashiydigan samolyotlarni lizingga berish bilan boshlangan. 1993 yildan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” O‘zbekiston milliy havo yo‘llari kompaniyasi dunyodagi eng ilg‘or samolyot ishlab chiqaruvchilardan samolyotlar olgan holda o‘z havo yo‘llaridagi qatnov samolyotlarini yangiladi. Olti yil davomida kompaniya “Airbus industry” tomonidan ishlab chiqarilgan uchta A-310 layner, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan ikkita o‘rtacha masofa samolyotlari RJ-85, “Boeing Co.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Boeing-757 dan ikkita va Boeing -767 dan uchta samolyot qabul qilib oldi.
2002-yilning 1-sentabrigacha O‘zbekistonda rivojlanmagan qonunchilik sababli banklar deyarli nol foyiz foyda bilan lizing moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirgan va lizing kompaniyalari hukumatdan yordam olishga harakat qilishgan. Ular mamlakatdagi lizing operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘p yillik va o‘rtacha vaqt oraliqdagi kreditlar uchun soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan.
2002-yilning oxirida lizingga oid qonunchilikka o‘zgartirish kiritish natijasida ayniqsa Fuqarolik kodeksigaSoliq kodeksiga“Lizing to‘g‘risidagi qonun” va “Bojxona tariflari to‘g‘risidagi qonun” haqidagi qonunlarga o‘zgartirish kiritilishi natijasida bu holat tubdan o‘zgardi. Lizing qonunchiligidagi murakkab o‘zgartirilishlar lizing kompaniyasining O‘zbekistonda rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni olib tashladi va bu sektorning mamlakatda rivojlanishi uchun zamonaviy yuridik asos yaratdi. Bunday o‘zgarishlardan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2002-yilning 28-avgustida imzolangan, lizing kompaniyasini hamma soliq turlaridan ozod qilgan “Lizing sistemasini yanda takomillashiritsh uchun choralari haqidagi” qarori chiqarildi. Yuqori darajadagi doimiy resurs va ko‘p sonli mijozlarga ega bo‘lgan banklar ushbu soliq imtiyozlaridan foydalanishga muvvoffaq bo‘lishdi. 2003-yilda lizing operatsiyalari 2002-yildagiga qaraganda besh barobar o‘sganligi buning yaqqol misolidir.
2004-yilda lizing operatsiyalarining o‘sish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Lizing kompaniyalarga ham banklarga berilganidek soliq imtiyozlari berilishi yangi lizing kompaniyalarining ochilishiga sabab bo‘ldi.
Mamlakatda valyuta bozorini liberallashtirish jarayoni bilan birgalikda lizing faoliyatining rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi qonunchilik ishlab chiqilishi lizingning yanada rivojlanishiga yo‘l ochodi. Bu bosqichda o‘zbek lizing beruvchilarga istiqbolli yo‘nalish lizing faoliyatini moliyalashtirishda tashqi ma’nbalar hisobidan amalga oshirish istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

109421_21212121212-680x452.jpg