Uzautosanoat Leasing

trubka_ikonka.png  +998(71)113 31 51
mail.png info@autoleasing.uz
Телефон доверия:  +998(97) 701 83 04

  • <!--1-->

  • <!--2-->

  • <!--3-->

  • <!--4-->

  • <!--5-->

  • <!--6-->

  • <!--7-->

  • <!--8-->

  • <!--9-->

  • <!--10-->

  • <!--11-->

Kompaniya ofisining ish jadvali:
DuSe Ch Pa Ju Sh Ya 09:00 - 18:00

O’zbekistonda valyutalar kursi 17.07.2018 yildan
1 EUR 9100.06 so'm
1 USD 7787.81 so'm

Hozirgi kunda lizing, har qanday ishlab chiqarish moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga keng ko‘lamli kapital investitsiyalarni amalga oshirsh imkoniyatini yaratadigan moliyaviy vositalardan biri hisoblanadi.
Lizingdan foydalangan korxona bir qator iqtisodiy foyda oladi:
- Lizing korxonaga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga va faoliyatini kengaytirishga imkoniyat yaratadi;
- Lizing to‘lovlari transport vositasi olinganidan keyin amalga oshiriladi (agar u texnologik jihoz bo‘lsa, o‘rnatilib foydalanishga topshirilganidan so‘ng), bu esa lizing oluvchiga transport vositasi (texnologiya) ni foydalanishdan so‘ng mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sotishdan kelib tushadigan mablag‘lar hisobiga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi;
- Lizing korxonalarga ma’naviy eskirgan transport vositalari (texnologiyalar) ni vaqti-vaqti bilan yangilab turish imkoniyatini yaratadi. Bir xil lizing to‘lovlarini amalga oshirish, korxonaga kapital qo‘yilmalar xarajatlarini va mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sotishdan tushadigan tushumlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bularning barchasi lizing oluvchining moliyaviy rejalarini barqarorligiga hissa qo‘shadi;
- Lizingdan foydalangan korxona, o‘z mablag‘iga sotib olganidan ko‘proq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Vaqtinchalik bo‘shab qolgan mablag‘larini ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltira oladi.
Soliq va bojxona imtiyozlari:
- Foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazani lizing ob’ektining qiymatini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdorida, ammo soliq solinadigan bazaning 30% idan oshmaydigan miqdorida, kamaytirish imkoniyati mavjud. (O’zbekiston Respublikasining Prezidentining Farmoni № PF-3860, 14.03.2007 y.);
- Lizing muddati tugashi bilan avtotransport vositasi lizing oluvchi nomiga rasmiylashtirilayotgan paytda Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im undirilmaydi. (O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi 325-modda).

vesi2.png