Uzautosanoat Leasing

trubka_ikonka.png  +998(71)113 31 51
mail.png info@autoleasing.uz
Телефон доверия:  +998(97) 701 83 04

  • <!--1-->

  • <!--2-->

  • <!--3-->

  • <!--4-->

  • <!--5-->

  • <!--6-->

  • <!--7-->

  • <!--8-->

  • <!--9-->

  • <!--10-->

  • <!--11-->

Kompaniya ofisining ish jadvali:
DuSe Ch Pa Ju Sh Ya 09:00 - 18:00

O’zbekistonda valyutalar kursi 16.01.2018 yildan
1 EUR 9965.47 so'm
1 USD 8146.38 so'm

Lizing loyihasini baholash uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
-- Belgilangan namunadagi lizing anketa-arizasi;
-- Biznes-reja (joriy faoliyatni hisobga olib, barcha hisob-kitoblarni ilova qilgan holda);
-- Korxonaning ta’sis hujjatlarining nushasi (lizing oluvchi tomonidan tasdiqlangan);
-- Ma’lum turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi (agar amaldagi qonunchilik bilan talab etilsa) hujjat nushasi (lizing oluvchi tomonidan tasdiqlangan);
-- Korxona rahbari va bosh hisobchisining pasporti nushasi;
-- Korxona rahbari va bosh hisobchisini ishga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlar nushasi (yoki buyruqlardan ko‘chirma);
-- Korxona rahbari va bosh hisobchisining imzolari namunalari kartochkasidan nusha (lizing oluvchi tomonidan tasdiqlangan);
-- Korxona yuqori boshqaruv organining (yoki korxona rahbarining) lizing asosida mulkni olish uchun lizing kompaniya tomonidan taklif etilayotgan shartlarni ma’qullashi to‘g‘risidagi qaror;
-- Moliyaviy hujjatlar (davlat soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilingan oxirgi 2 yil hisobot davri uchun (yillik) moliyaviy hisobotlar, xizmat ko‘rsatuvchi bankdan va davlat soliq inspektsiyasidan ma’lumotnoma);
-- Transport vositasini saqlash uchun garaj yoki maxsus to‘xtash joyi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nushasi;
-- Tayyor mahsulotni sotish, ishlab chiqarish, bajarilgan ish va xizmatlar bo‘yicha shartnomalar (yoki kelishuv) nushasi;
-- Yo‘nalish biriktirilganligini asoslovchi hujjatlar nushasi (yo‘lovchi tashuvchilar uchun);
-- Oldindan to’lanadigan bo‘nak to‘lovining qaysi manbaa hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumatnoma;
-- Korxona ta’sischilari to‘g‘risida ma’lumotnoma.