(+998) 78 113-31-51
Du-Ju : 9:00-18:00
Bosh sahifa | Yangiliklar | YANGI TRACKER: BARCHASI SIZ ISTAGANDEK
Chevrolet Tracker ixcham krossoveri iste’molchi talablarining eng muhim sifatlarni: zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni o’zida mujassam etgan.
Chevrolet Tracker o‘zining zamonaviy tashqi ko‘rinishi hamda salon interyeri shuningdek, GM tomonidan ishlab chiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli, hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi.
LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar zamonaviylik va xavfsizlikni yanada oshiradi. Panoramali lyuk Tracker salonida kenglik va erkinlik tuyg’usini yaratadi.
Chevrolet Tracker interyeri zamonaviy ko’rinish va betakror uslubga ega bo’lgan yuqori texnologiyali, dinamik va tejamkor avtomobil ekanligi bilan ahamiyatlidir. Yangi uslubdagi qulay o’rindiqlari uzoq safarlarda ham charchoq hissini bildirmaydi. Zamonaviy texnik xususiyatlar avtomobilni boshqarishda yanada zavq bag'ishlaydi.
Chevrolet Tracker texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
Xavfsizlikni ta'minlash tizimi
Qulaylik
Alohida ta'kidlash joizki, 2023 yildan boshlab Chevrolet Tracker qo'shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o’rindiqlarni isitish, oyna tozalagich (дворник) atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o’rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o'rindig'i, rul isitish tizimi, himoya karteri va «Redline» paketida taqdim etiladi.
Chevrolet Tracker avtomobilini “UzAuto Motors”ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan avtorizatsiyadan o`tgan dilerlik markazlarida sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu dilerliklarda avtomobil bilan tanishish hamda texnik xususiyatlarini o'rganish uchun test-drayv ham mavjud.
Sotib olish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun havolani bosing