Ijara loyihasini baholash uchun talab qilinadigan hujjatlar roʼyxati:
- Belgilangan namunadagi Аnketa-ariza;
- Pasport nusxasi;
- Patent nusxasi;
- Byudjet oldidagi qarzdorlik toʼgʼrisida Davlat soliq inspektsiyasidan maʼlumotnoma va solishtirma dalolatnoma (my.soliq.uz saytidagi Lizing oluvchining shaxsiy hisobvaragʼidan chop etilgan shakli);
- Lizing ariza berilgan davrga qadar xizmat koʼrsatuvchi bankdan:
- talab qilib olguncha depozit hisob raqamidagi qoldiq toʼgʼrisida (Oʼzbekiston Respublikasi hududida ochilgan barcha hisob raqamlari boʼyicha) maʼlumotnoma;
- 2-sonli kartoteka boʼyicha qarzdorlik mavjudligi, shundan muddati oʼtgan qarzlar toʼgʼrisida;
- bir yildan kam boʼlmagan davr uchun hisob raqamlaridagi aylanma kirim-chiqimlari (oborotka);
- olingan kreditlar toʼgʼrisida maʼlumotnomalar (har bir kredit shartnomasi boʼyicha alohida berilgan kredit shartnoma №, sanasi, summasi, bugungi kundagi qoldigʼi va kredit tarixi yozilsin).