• (+998) 78 113-31-51

  • Du-Ju : 9:00-18:00

Sifat siyosati

Bosh sahifa | Kompaniya haqida | Sifat siyosati

«O’ZAVTOSANOAT-LEASING» MChJ LK (keyingi o‘rinlarda - kompaniya)ning sifat bo‘yicha siyosati moliyaviy lizing sohasida ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati  bilan iste'molchilarning qoniqish darajasini doimiy ravishda oshirishga qaratilgan. Bunga ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, mukammal infratuzilma hamda malakali kadrlardan foydalanish orqali erishiladi.

 

 BIZNING MISSIYA

Mijozlarimizni ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun qulay moliyaviy sharoitlarni yaratish va yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish.

 

 MISSIYAMIZGA MUVOFIQ BIZ QUYIDAGILARNI YARATAMIZ:

O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlari va xususiy tadbirkorlari uchun – muqobil va raqobatbardosh rivojlantirish hamda moliyalashtirish manbasi;

- transport vositalarini yetkazib beruvchilar uchun – sotish hajmini oshirishning foydali usuli;

- investorlar uchun – barqaror daromad, investisiyalar likvidligi va kapitalning rentabelligi;

- davlat uchun – biznesning qonuniyligi va shaffofligi, raqobatning shakllanishi;

- jamiyat uchun – iqtisodiyotning rivojlanishi va faravonlikning o‘sishi;

- kompaniyamiz xodimi uchun – barqaror bandlik, doimiy kasbiy shaxsiy va moddiy o‘sish.

 

 BIZNING QADRIYATLAR

Hurmat. Faqat hamkorlarni hurmat qilish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Komillikka intilish. Har doim yanada yaxshiroq bo‘lish mumkin va biz bunga intilamiz

Mas'uliyat. Biz va'da qilgan narsani bajaramiz, bajara oladigan narsani va'da qilamiz.

Muloqotga tayyorlik. Ijobiy va salbiy ma'lumotlar ochiq muhokama qilinadi.

Transformasiya. Agar biz o‘zgarmasak - bu tashvishli qo‘ng‘iroq.

Samaradorlik. Har birimizning maqsad-e'tiborimiz yakuniy jamoaviy natijaga qaratilgan.

Tanqid. Ob'ektiv idrok qilamiz – konstruktiv qaror qilamiz.

Qonunga amal qilish. Biz faoliyatimizning qonuniyligi va axloqiyligi bilan faxrlanamiz.

Kelajak. Uzoq muddatli munosabatlar qisqa muddatli foydadan ustun turadi.

Eng muhim e'tibor – bizning mijozlarimiz.

Eng katta qadriyat – bizning xodimlarimiz.

Eng yaxshi reklama – bizning obro‘yimiz.

 

 KOMPANIYAMIZNING ASOSIY VAZIFALARI:

-          Sotish hajmini oshirish;

-          Bozorda raqobatbardosh ustunlikni ta'minlash;

-          Xizmatlarning yuqori sifatini ta'minlash;

-          Qo‘shimcha servis xizmatlarini tashkil qilish;

-          Kompaniya xodimlarining yuqori malakasini ta'minlash.

 

 RIVOJLANIShNING ASOSIY YO‘NALIShLARINI AMALGA OShIRISh UChUN KOMPANIYA RAHBARIYATI QUYIDAGI MAJBURIYATLARNI O‘Z ZIMMASIGA OLADI:

  • O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, me'yoriy-texnik hujjatlar talablariga hamda kompaniya faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi xalqaro standartlarga rioya etilishini ta'minlash;
  • Sifat menedjmenti tizimining natijadorligi va samaradorligini doimiy ravishda oshirish;
  • Barcha xodimlar e'tiboriga ushbu Siyosatning asosiy qoidalari hamda iste'molchilar talablarini yetkazish;
  • Sifat menedjmenti tizimini takomillashtirish maqsadida muntazam ravishda tahlil qilib borish;
  • Sifat siyosati va maqsadlarini ularning doimiy muvofiqlik predmetini tahlil qilish;
  • Ishlarni sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan ta'minlash.

 

 KOMPANIYANING SIFAT SOHASIDAGI SIYOSATI QUYIDAGI MAJBURIYATLARNI YUKLAYDI:

 Barcha tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga:

  • o‘z faoliyatida ushbu Siyosat talablariga amal qilish, uning barcha xodimlar tomonidan tushinilishi va amalda bajarilishini ta'minlash;
  • ishlarni sifatli bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning samaradorligini oshirish.

 Kompaniyaning har bir xodimiga:

  • ushbu Siyosat talablarini tushinish;
  • qonunchilik, iste'molchilar va ISO 9001:2015 tomonidan qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilish;
  • ijodiy tashabbus ko‘rsatish, rivojlanish bo‘yicha takliflar berish va ishlarni sifatli bajarishga  to‘sqinlik qiladigan har qanday sabab va sharoitlarni bartaraf etishga intilish.

 

 

Direktor:                                             Yusupov Rustam Farxadovich

So'ngi yangiliklar

  • O

     2023-01-04 17:08:57