• (+998) 78 113-31-51

  • Du-Ju : 9:00-18:00

Yuridik shaxs

Bosh sahifa | Mijozlarga | Yuridik shaxs

Lizing loyihasini baholash uchun talab qilinadigan hujjatlar roʼyxati:

 

  1. Belgilangan namunadagi lizing anketa arizasi;
  2. Korxona/tashkilot taʼsis hujjatlarining Lizing oluvchi tomonidan tasdiqlangan nusxalari:
  • Korxona Nizomi, barcha oʼzgarish va qoʼshimchalari bilan;
  • Taʼsis shartnomasi, barcha oʼzgarish va qoʼshimchalari bilan;
  • Davlat roʼyxatidan oʼtganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma;
  • Faoliyat bilan shugʼullanish huquqini tasdiqlovchi litsenziya.
  1. Korxona rahbarining pasport nusxasi va ishga tayinlash toʼgʼrisidagi buyruqdan koʼchirmalar va/yoki raxbarni tayinlash toʼgʼrisidagi korxona hissadorlari/taʼsischilari/ qatnashchilari umumiy yigʼilishi bayonnomasining Lizing oluvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
  2. Korxona yuqori boshqaruv organining (yoki korxona rahbarining) lizing asosida mulkni olish (mulk nomi) uchun lizing kompaniya tomonidan taklif etilayotgan shartlarni hamda lizing obʼektlarini, banklardan jalb qilinayotgan kredit mablagʼlarini taʼminoti sifatida garovga (zalog) qoʼyishni, maʼqullash toʼgʼrisidagi qarorining Lizing oluvchi tomonidan tasdiqlangan nushasi.
  3. Ohirgi yil yakunlari boʼyicha my.soliq.uz saytidagi Lizing oluvchining shaxsiy kabinetidan chop etilgan 1 va 2 son shakilidagi buxgalterlik hisobotlari hamda joriy yil ohirgi kvartal yakuni boʼyicha operativ 1 va 2 son shakilidagi buxgalterlik hisobotlari;
  4. Byudjet oldidagi qarzdorlik toʼgʼrisida Davlat soliq inspektsiyasidan maʼlumotnoma va solishtirma dalolatnoma (my.soliq.uz saytidagi Lizing oluvchining shaxsiy hisobvaragʼidan chop etilgan shakli);
  5. Lizing ariza berilgan davrga qadar xizmat koʼrsatuvchi bankdan:
  • talab qilib olguncha depozit hisob raqamidagi qoldiq toʼgʼrisida (Oʼzbekiston Respublikasi xududida ochilgan barcha hisob raqamlari boʼyicha) maʼlumotnoma;
  • 2-kartoteka boʼyicha qarzdorlik mavjudligi shundan, muddati oʼtgan qarzlar toʼgʼrisida,
  • bir yildan kam boʼlmagan davr uchun hisob raqamlaridagi aylanma kirim-chiqimlar (kunma-kun koʼrsatilgan holda);
  • olingan kredit qarzlari toʼgʼrisida maʼlumotnomalar (xar bir kredit shartnomasi buyicha aloxida berilgan kredit №, sanasi, summasi, bugungi kundagi koldigi va kredit tarixi yozilsin
  1. Lizing kompaniya tomonidan talab etilganda kredit mablagʼlari taʼminoti sifatida garovga taqdim qilinayotgan lizing obʼektlarini fotosuratlarini, texnik xujjatlarini yetkazib berilishini va tegishli sugʼurta shartnomasini rasmiylashtirilishini taʼmin etish.

 

 

 

Shu bilan birga, lizing anketaning lizing kompaniya tomonidan qabul qilish rasmiy sanasi, Oʼz.Res. amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlariga asosan Lizing oluvchi korxona tomonidan toʼliq toʼplangan, lizing kompaniya taklif va maslahatlari bilan tamomlab hujjatlar toʼplami taqdim etilgan sana belgilanadi.

So'ngi yangiliklar