• (+998) 78 113-31-51

  • Du-Ju : 9:00-18:00

Jismoniy shaxs

Bosh sahifa | Mijozlarga | Jismoniy shaxs

Ijara olish uchun talablar:

 

  1. Ijarachining 12 oylik oʼrtacha daromadi birinchi oy uchun toʼlov miqdoridan kam boʼlmasligi kerak (Ijarichining umumiy oʼrtacha bir oylik sof daromadi ijara toʼloviniing birinchi oy toʼlovining 125 foizidan kam boʼlmasligi kerak, kam boʼlgan holda kafil talab qilinadi);
  2. Qoʼshimcha garov sifatida uchinchi shaxsning kafilligi taqdim etiladi;
  3. Kafilning 12 oylik oʼrtacha daromadi birinchi oy uchun toʼlovning kamida 25 foizini tashkil etishi kerak;
  4. Ijarachi va kafil oxirgi 12 oy davomida barqaror daromad manbaiga ega boʼlishi shart;
  5. Ijara muddati tugagunga qadar ijarachi va kafil nafaqa yoshiga yetmasligi zarur;
  6. Majburiyatlar boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorlikning boʼlmasligi (MIB tomonidan qoʼyilgan soʼndirilmagan qarzdorlik yoʼqligi);
  7. Daromad toʼgʼrisida taqdim etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi ERI orqali tekshiriladi;
  8. Shartnomalar imzolashda ijarachi va kafilning shaxsiy ishtiroki.

 

⃰ - Kafil va ijarachi - ikkalasining umumiy oʼrtacha bir oylik sof daromadi ijara toʼloviniing birinchi oy toʼlovining 125 foizidan kam boʼlmasligi shart, yaʼni har birining alohida daromadi hisobga olinmaydi. Shuningdek, ushbu holatda bir necha kafil ishtirok etishi mumkin.

 

 

Ijarachidan talab etiladigan hujjatlar roʼyxati:

 

  1. Fuqarolik pasporti asl nusxasi;
  2. Ish joyidan maʼlumotnoma (qaysi lavozimda ishlaydi, qachondan buyon);
  3. Oxirgi 12 oy uchun daromadlar haqida ish joyidan maʼlumotnoma;
  4. Elektron raqamli imzo (Yoki xalk banki filialidan JBPT (INPS) aylanmasi (oborotka)).

 

 

Kafildan talab etiladigan hujjatlar roʼyxati:

 

  1. Fuqarolik pasporti asl nusxasi;
  2. Ish joyidan maʼlumotnoma (qaysi lavozimda ishlaydi, qachondan buyon);
  3. Oxirgi 12 oy uchun daromadlar haqida ish joyidan maʼlumotnoma;
  4. Elektron raqamli imzo (Yoki xalk banki filialidan JBPT (INPS) aylanmasi (oborotka)).

 

So'ngi yangiliklar